

"Angliya terma jamoasida Evro-2016ga tayyorgarlik jarayonida 3-4 nafar yosh futbolchilar paydo bo'ldi. Roy Xojson raqobatbardosh jamoaga ega bo'ladi. Hech bo'lmasa yarim finalgacha yetib bormasak, hafsalam pir bo'ladi. Men Angliyaning g'alabasiga ishonaman.
Sterling - katta iqtidor egasi, Starrij, Keyn va Barkli ajoyib futbolchilar. Bizda qanot himoyachilar etarli. Kayl Uoker yaxshi formada. Nataniel Klaynning harakatlari maqtovga loyiq, Denni Rouz esa asosiy tarkibga kirishi mumkin.
Xojsonning Evro uchun tarkibi uzoq vaqt eng yaxshi bo'lib qoladi. Evro-2016 biz uchun yaxshi imkoniyat" - deydi Rednapp.



