"Real"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

Alisher
11 fev 2020, 17:54
Kazemiro "Real"ning yanvar oyidagi eng futbolchisi deb topildi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Braziliyalik yarim himoyachi o'tgan oy 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

"Bu shaxsiy mukofot, ammo bu doimgidek sheriklarimning yordami bilan bo'ldi, chunki futbolda har doim jamoa bo'lib o'ylash kerak", - deydi Kazemiro.

Qizig'i, yanvar oyi uchun La Liganing eng yaxshi futbolchisi deya "Real" darvozaboni Tibo Kurtua etirof etilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com