"Real"ning yana bir futbolchisi "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 noya 2018, 15:52
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges katta ehtimol bilan Myunxen klubida qolmaydi.

Oldinroq, "Bavariya" ikki yillik ijaradan so'ng kolumbiyalik futbolchi uchun "Real"ga 42 mln. evro to'lamasligi e'lon qilingan edi. Myunxenliklar direktorlar kengashi raisi Karl-Xaync Rummeniggening takidlashicha, klub Xames borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan.

"Yuventus" 42 mln. evro evaziga Rodrigesni "Real"dan sotib olishi mumkin. Futbolchi agenti Jorje Mendesh bu borada Turin klubi bilan suhbat o'tkazishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia