"Real"ning muhim futbolchilari "Qirolik klubi" safiga qaytishdi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017, 14:51
"Real" "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan Madrid derbisiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Oldinroq Isko va Luka Modrich alohida shug'ullanishgan edi, bugun esa ular umumiy guruhga qo'shilishdi. Mateo Kovachich 14 sentyabrda olgan jarohatidan so'ng endi mashq qildi. Isko va Modrich shanba kuni maydonga tushishlari kerak, Kovachichning ishtirok etishi esa so'roq ostida.

"Atletiko" - "Real" bahsi 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com