

29 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, futbolchining transfer summasi 25+5 mln evroni tashkil qiladi. Bonus pullari esa "Siti"ning sovrinlar yutishiga bog'liq bo'ladi.
"Chelsi" bilan birgalikda Mateo Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.
O'tgan mavsumda xorvatiyalik xavbek barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashib, 2 gol va 2 assist qayd etdi.




