"Real"ning ko'plab muxlislari Xamesni transferga qo'ygan bo'lardi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016, 15:18
Ispaniyaning Marca nashri o'z o'quvchilari o'rtasida "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges borasida so'rovnoma o'tkazdi.

Unda "qaymoqranglilar" kolumbiyalikni transferga qo'yishi haqida so'ralgan.

Natijalarga ko'ra, futbol muxlislarining ko'pchiligi Rodrigesni boshqa klubga sotish lozim deb hisoblagan (59,01%).

So'rovnomada 29 000 kishi ishtirok etdi.

Yangi mavsum oldidan OAV Rodrigesning kelajagi borasida ko'plab muhokamalar o'tkazishdi. Oldinroq Zidan Xamesni transferga qo'ymasligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca