"Real"ning bugungi mashg'uloti bosh murabbiysiz o'tdi

Mirjalol Normatov
29 okt 2018, 19:12
31 oktyabr kuni "Real" Ispaniya kubogi doirasida "Melilya" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

"Qirollik klubi" futbolchilari kecha o'yinda qatnashgan bo'lsa-da, bugun to'liq tarkib bilan ushbu o'yin uchun tayyorgarlikni boshladi.

Ammo mashg'ulotlarda "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qatnashmadi. U kechaning o'zidayoq barcha bilan xayrlashib, klubni tark etib bo'lgan, deb xabar bermoqda "Goal".

Oldinroq aytilganidek, "Real" bugun rasmiy ravishda Lopetegining iste'fosini e'lon qiladi va uning o'rniga Antonio Konteni olib keladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal