"Real"ning besh nafar futbolchisi Ronalduning maoshi oshirilishiga qarshi

19 dek 2017, 16:57
"Real Madrid"ning besh nafar yulduz futbolchilari Krishtianu Ronalduning maoshi oshirilishiga qarshi chiqdi.

Jamoa yetakchilari Florentino Peresni portugaliyalik futbolchining maoshini oshirmaslikka undamoqda. Agarda yangi shartnomaga ko'ra klub Ronalduni maoshini oshiradigan bo'lsa qolgan futbolchilar ham maoshlarini oshirishlarini talab qilishadi. Ronalduning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yili yakuniga etadi. Portugaliyalik futbolchining yangi shartnomasiga jamoa sardori Serxio Ramos qarshi chiqqan. Toni Kroos, Isko, Garet Beyl va Karim Benzema Ramosni qo'llab-quvvatlagan.

Roanlduning yangi shartnomasiga jamoa sardori Serxio Ramos qarshi chiqqan


O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru