“Real”ning asosiy transfer nishoni ma'lum bo'ldi

Bu “Portu” klubining 20 yoshli himoyachisi Eder Militaodir.

“Portu” Militaoni qishki transferlar oynasi vaqtida sotmoqchi emas. Jamoa prezidenti Pintu da Kosta Militaoga yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishg vada bergan. Ammo Pepening “Portu”ga qaytishi Ederning kyetishini tezlatishi mumkin. “Real” esa ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Militao “Portu”ga 2018 yil “San-Paulu” jamoasidan kelib qo'shilgan. Uning shartnomasidagi tovon puli 42 mln evro sifatida ko'rsatilgan. Bu narx yozgacha 50 mln evrogacha ko'tarilishi mumkin.

Joriy mavsumda Militao “Portu” tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.


Manba: Marca