

"Real" 18 yoshli vingeri Franko Mastantuono uni "Barselona" a'zosi Lamin Yamal bilan taqqoslashlari haqida fikr bildirdi.
"Lamin hozirda yaxshiroq o'ynamoqda, ajoyib darajada o'zini ko'rsatmoqda. Men "Real"ga endigina keldim va moslashish davridaman. Umid qilamanki, bu tez bo'ladi va men kirishib ketaman. Madriddagi tarixim uzoq bo'lishini, "Barselona"ga qarshi so'nggi o'yindagi kabi ko'plab o'yinlar bo'lishini istayman. Bu ajoyib edi", – dedi Mastantuono.
Mastantuono ushbu mavsum barcha musobaqalarda 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, ammo u "Real"dagi yorqin onlari oldinda ekaniga ishonadi.



