"Real"ga ikkita gol urgan Dele Alli o'yindan keyin nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
2 noya 2017, 12:44
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli YCHL 4-turi doirasida "Real" bilan o'yinda dubl qayd etgach fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yaxshi o'ynadik. O'yinga rejamizni amalga oshirsak va himoyaga umid qilsak, bizda imkoniyatlar bo'lishini bilardik. Natijadan juda ham qoniqdim.

Biz o'yinni nazorat qilganimizdan ajablanmadim, bizda hatto "Bernabeu"da ham ko'plab bo'sh zonalar bo'lgan edi. Bunday jamoalar bilan shunchaki raqobatlashishni emas, ularni mag'lub etishni xohlaymiz.

Ikkita gol urganimdan mamnunman, lekin yanada muhimrog'i biz g'alaba qozondik", - dedi Alli.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com