"Real"ga YCHLda omad kulib boqaveradimi? Modrich javob berdi

Narzulla Saydullayev
3 may 2022, 23:41
Futbolchining fikricha, bu gaplar asossiz.

"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaga YCHLda ko'pincha omad kulib boqishi borasidagi fikrga munosabat bildirdi.

"Shunday fikrlaydigan insonlarga hech nima demaymiz. Nimani xohlashsa, shuni o'ylashlari mumkin.

Chempionlar Ligasini bir necha marta yutish uchun faqat omadga ishonib bo'lmaydi. Bunday fikr bizga nisbatan adolatsizlikdek tuyiladi. Bunday gaplardan ko'pincha kulib qo'yamiz. Odamlar o'z fikrlarini bildiraverishadi. Biz esa ishlashda davom etamiz.

Yillar davomida bunday cho'qqiga chiqish, kuchli raqiblarni mag'lub qilish, titullar qo'lga kiritish uchun omaddan ko'ra ko'proq narsa kerak bo'ladi. Xarakter, iroda va ishonch bo'lishi kerak. Aynan shular sabab biz g'alaba qozonamiz", -deydi Luka Modrich.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" – "Manchester Siti" bahsi 4 may kuni 23:59 da start oladi.  Birinchi o'yinda Gvardiola shogirdlari 4:3 hisobida g'alaba qozonishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca