"Real"da mojaro: Vinisius yangi murabbiyning harakatlaridan norozi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025, 15:11
"Real" vingeri Vinisius jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning harakatlaridan rozi emas.

Bu haqda "Bernabeu Digital" xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, futbolchi mutaxassisning tez-tez tajriba o'tkazayotganidan norozi. Eng so'nggi misollardan biri Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim finalida PSJga qarshi o'yinda braziliyalik o'ziga begona bo'lgan o'ng qanotda o'ynadi.

Vinisius noqulay poziciyada o'ynashni istamasligini aytdi. Alonso, o'z navbatida, futbolchi himoyada yordam bermayotgani va har doim ham taktik ko'rsatmalarga amal qilmayotganidan noroziligini bildirdi.

Futbolchining nafaqat murabbiy, balki klub rahbariyati bilan ham munosabatlari keskin. Braziliyalik futbolchi maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilib, shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bernabeu Digital