

YCHLdagi kutilmagan jarohat:
Eslatib o'tamiz, belgiyalik posbon Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga (2:1) qarshi javob o'yinining tanaffus vaqtida almashtirilgan edi. Uning o'rniga ikkinchi bo'limda maydonga Andrey Lunin tushdi. Ma'lum bo'lishicha, Kurtua o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlaridayoq sonida bezovtalik va og'riq his qilgan.
Shifokorlarning so'nggi xulosasi kutilmoqda:
"As" nashrining xabar berishicha, bugun klub rahbariyati Kurtuaga to'liq dam berishga qaror qilgan. Payshanba kuni darvozabon chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. Aynan shu tekshiruvlardan so'ng jarohatning darajasi va uning derbida o'ynash imkoniyatiga oydinlik kiritiladi.
Ma'lumot uchun, La Liganing 29-turidan o'rin olgan "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi markaziy superderbi yakshanba, 22 mart kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.



