"Real" jamoasi Xames Rodrigezning transferini seshanba kuni e'lon qilishi mumkin
21 iyul 2014, 23:41
Goal nashri "Real" klubi "Monako" futbolchisi Xames Rodrigezni sotib olganini seshanba kuni rasman e'lon qilishi mumkinligini haqida yozadi.
"Monako" jamoasi futbolchini 88 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozilik bildirgan va bugun jamoalar yakuniy muzokaralarni o'tkazishgan. Seshanba kuni ushbu transfer borasida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.