"Real" yozda Xames yoki Iskoni sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2016, 12:12
"Real" rahbariyati va murabbiylar shtabi yozda yarim himoyachi Isko yoki Xames Rodrigesni transferga qo'ymoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar bu ikki futbolchining o'yinidan mamnun emas. Xamesda jamoa sobiq murabbiyi Rafael Benites bilan muammolar bo'lgan edi. Bundan tashqari, Xames noyabr oyida maoshini ko'tarishni so'ragani ham rahbariyatga yoqmagan. "Real"dagilar Zinedin Zidan kolumbiyalikning avvalgi darajasiga qaytarishiga umid bildirmoqda.

Iskoga to'xtaladigan bo'lsak, murabbiylar uning barqaror o'yin ko'rsatmayotganidan norozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS