“Real” yozda Ronalduni sotishga tayyor, oladiganlar bormi?

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 09:01
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni mavsum yakunlanganidan so'ng qo'yib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Portugaliyalik futbolchining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan. Shartnoma bandida 32 yoshli futbolchining transferi 1 milliard evro miqdorida belgilangan. 

Ronalduning o'zi esa “Real”dan o'zini 100 million evrodan qimmatga sotmasliklarini so'ramoqda. Krishtianuni “PSJ”, Xitoyning “Tyanczin Cyuanczyan” hamda uning sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” xarid qilishga tayyor turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif