"Real" Yovich transferiga o'z hujumchisini qo'shmoqchi

Aslanov Jasurbek
4 may 2019, 10:27
"Real" hujumchisi Mariano Dias "Ayntraxt"dan xarid qilinadigan Luka Yovich transferining bir qismiga aylanishi mumkin.

"Qirollik klubi" nemis klubiga 60 mln. evro taklif qildi. Bu mablag'dan 48 mln. evro "Ayntraxt"ga, 12 mln. evro esa Yovichning 20% transferi huquqini saqlab qolgan "Benfika"ga nasib etadi.

"Aytraxt" Yovich o'rniga ayni damda Zinedin Zidan rejalaridan joy olmayotgan "Real" hujumchisi Mariano Diasni olmoqchi.

Joriy mavsum 21 yoshli Yovich Bundesliganing 29ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. U Yevropa ligasining 13ta bahsida raqib darvozasini 9 marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca