Real yarim himoyachisi jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018, 01:01
Real yarim himoyachisi Luka Modrich bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Jamoa bugundan Malaga bilan o'yinga tayyorgarlikni boshladi.

Xorvatiyalik futbolchi Yuventus bilan o'yinning 74-daqiqasida almashtirilgandi. U Real bazasida yakka tartibda ishladi.

Modrichning yakshanba kungi Malaga bilan bahsdagi ishtiroki so'roq ostida. Futbolchini Bavariya bilan YCHL yarim final bahsiga asrab qo'yishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com