"Real" yaqin kunlarda Kroos bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 17:35
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi tez orada 33 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qiladi. Kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kroos o'tgan mavsum "Real" safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano