"Real" yakuniy qaror qabul qilishni Marseloning o'ziga qo'yib berdi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2019, 22:19
Real jamoaning himoya chizig'I vakili braziliyalik Marseloga kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilish uchun imkon beradi, deya xabar qiladi Marca.

Manbaning ma'lum qilishicha, klub ustozi Zayniddin Zidan 31 yoshli futbolchini zaxirada qoldirmoqchi. Uning asosiy tarkibdagi o'rnini esa Realga transfer bo'lishi kutilayotgan Lion a'zosi Ferlan Mendi olishi kutilmoqda. Shu sababdan, Marselo klubda qolish yoki qolmasligi haqida o'ylab ko'rishi zarur. 

Eslatib o'tamiz, Marselo 2007 yilda qirollik klubi safiga kelib qo'shilgan. Joriy mavsum esa u LaLiganing 23 o'yinida qatnashib, 2tadan gol va samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygandi. Marseloning klub bilan kelishuvi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca