"Real" Xolandni nega rad etgani ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022, 20:53
Madridning “Real” klubi Erling Xolandni sotib olishdan bosh tortishi sabablari ma'lum bo'ldi.

Madridliklar "Borussiya" hujumchisini qo'lga kiritishdan manfaatdor edi, ammo yakunda kurashda "Manchester Siti" g'alaba qozondi.

Manbaning xabariga ko'ra, norvegiyalik futbolchining o'tgan oyda vafot etgan agenti Mino Rayola ispan jamoasi bilan kelishuvda ikkinchi mavsumdan kuchga kiradigan 150 million evrolik tovon puli qo'shilishini xohlagan.

Bu shart "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresga to'g'ri kelmadi, shu bois Rayolaning taklifi rad etildi.

"Siti" esa "Borussiya"ga 75 million evro to'laydi - bu summa uning dortmundliklar bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Cadena SER