Real vs Messi ?

Omonjon To`xtamirzayev
21 sen 2017, 11:51
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 5 turiga kelib, 9 ta gol urishga erishdi. “Real” jamoasi ham xuddi shu ko'rsatkichni qayd etdi.


“Qirollik klubi” chempionat startida “Deportivo” (3:0) va“Sosedad” (3:1) ni mag'lubiyatga uchratdi. “Valensiey” (2:2) va “Levante” (1:1) bilan durang qayd etilgan bo'lsa, oxirgi uchrashuvda “Betis”ga mag'lub bo'ldi (0:1).

O'z navbatida Leo Messi “Eybar”ga qarshi uchrashuvda (6:1) poker, “Espanol”ag qarshi o'yinda (5:0) xet-trik va “Alaves”ga qarshi uchrashuvda (2:0) dubl muallifiga aylandi.

Ayni paytda“Barselona” 5-turdan so'ng umumjamoa hisobida 17 ta gol urib, 15 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchi bo'lib turibdi. “Real” esa 8 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia