"Real" Vinisius klub obro'siga putur etkazmoqda deb hisoblamoqda

Alisher
17 mar 2024
"Real"da jamoa forvardi Vinisius Juniorning o'zini tutishi sabab xavotir o'smoqda.

Madridliklar rahbariyati Vinisiusning ko'plab mehmondagi stadionlarda o'yin payti muxlislarning dushmanlik munosabatini keltirib chiqarayotganidan norozi.

"Real" bosslarining fikriga ko'ra, vaziyat nafaqat 23 yoshli braziliyalik o'yinchiga, balki "qaymoqranglilar"ning qolgan o'yinchilariga ham bosim yaratadi.

Qayd etilishicha, "Real" Vinisiusning provokacion harakatlariga ta’sir o'tkazishga urindi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi o'yinda "Osasuna" (4:2) muxlislarining o'yin payti "Vinisius, o'l" deb baqirishgani xabar qilinmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sports.es