"Real" Vinisius bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining maoshi deyarli uch barobarga oshiriladi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 23:21
Madrid klubi yosh o'yinchisi bilan yangi bitim imzolamoqchi.

"Real Madrid" klubi 21 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Marca nashrining xabar qilishicha, klub o'yinchining ajoyib o'yinlari sabab unga yangi bitim taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Vinisiusning maoshi yiliga 3.5 mln evroni tashkil qilsa, yangilangan kelishuvga ko'ra bu raqam 10 mln evroga etadi. 

Eslatib o'tamiz, Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo