"Real" Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025, 19:21
Madridliklar Vinisius Junior bilan xayrlashish niyatida emas, ammo klub braziliyalik futbolchini kompensaciyasiz qo'yib yuborish niyatida emas.

"Qaymroqranglilar" rahbariyati futbolchining 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Muzokaralardagi asosiy to'siq futbolchiga taklif qilingan moliyaviy shartlar bo'lib qolmoqda. Kelib chiqqan kelishmovchiliklarga qaramay, tomonlar o'rtasidagi munosabatlar konstruktivligicha qolmoqda, ammo muzokaralar vaqtincha to'xtatildi.

Vinisiusning o'zi ham "Real"da qolish va sovrinlar uchun kurashishni davom ettirish istagini yashirmadi. Klub prezidenti Florentino Peres ham hujumchining hissasini yuqori baholaydi va uni jamoa uchun muhim o'yinchi deb biladi.

Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri "Real" safida to'p tepmoqda. U "Flamengo"dan 45 million evro evaziga o'tgandi. U ushbu mavsum 15 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manbaning xabar berishicha, madridliklar Vinisiusga Krishtianu Ronaldu bilan bo'lganidagi kabi yondashuvni qo'llashga tayyor: agar futbolchi klubni tark etish istagini bildirsa, uning transfer narxi 200 million evroni tashkil qiladi (Ronaldu uchun bu 100 million evro edi).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central