Real – Vilyarreal. Beyl va Karvaxal o'yinni o'tkazib yuboradilar
Aziz Tukhtamuradov
19 apr 2016, 21:15
"Real"ning "Vilyareal"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinini o'tkazib yuboradigan futbolchilar nomi ma'lum bo'ldi.
Beylning mushaklarida jarohat bor. Uning jarohati jiddiy bo'lmasada, madridliklar murabbiylari shtabi uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamayapti.
Karvaxal ham o'zini noqulay his qilayotgani sababli ushbu o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.