

"Real" Superliga loyihasi kelajagi haqida bayonot berdi.
"UEFA, Yevropa klublari assotsiatsiyasi va "Real Madrid" futbol klubi bir necha oylik muzokaralardan so'ng Yevropa klub futboli manfaatlari yo'lida principial kelishuvga erishganliklarini ma'lum qilmoqda. Bu kelishuv sport yutuqlari tamoyiliga rioya etishni, klublarning uzoq muddatli barqarorligiga e'tibor qaratishni hamda yangi texnologiyalardan foydalanish orqali muxlislarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashni o'z ichiga oladi.
Ushbu principial kelishuv, yakuniy bitim imzolanganidan keyin Yevropa Superligasi bilan bog'liq yuridik nizolarni hal etishga ham xizmat qiladi," - deya takidlangan "Real" bayonotida.



