"Real" va "Liverpul" afsonalari 14 iyun kuni xayriya uchrashuvida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2015, 10:21
"Real" va "Liverpul" afsonalari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi va ushbu o'yindan tushgan pullar "Qirollik klubi" xayriya fondi hisobiga o'tkaziladi.

Bahs 14 iyun kuni "Santiago Bernabeu"da bo'ladi. Uchrashuv chiptalari narxi 5, 10, 15 evro.

"Real" safida Klarens Zeedorf, Zinedin Zidan, Roberto Karlos, Fernando Morentes, Emilio Butrageno, Fransisko Pavon, Klod Makelele va boshqalar to'p tepadi. "Liverpul"da esa Jeymi Karrager, Luis Garsiya, Robbi Fauler, Stiv Makmanaman va Maykl Ouen va boshqalar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com