“Real” va “Barselona” “Chelsi” futbolchisi uchun kurashga kirishdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 09:43
“Chelsi” tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante Ispaniyaning ikki grand jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Fransiyalik 27 yoshli futbolchini “Real” va “Barselona” klublari o'z safida ko'rish istagini bildirgan. Ayniqsa, “Qirollik klubi” Kanteni qo'lga kiritish uchun jiddiy kirishgan. 

Kantening o'zi ham Madridga ko'chib o'tishga qarshi emas. “Barselona” ham o'z navbatida Kanteni “Kamp Nou”da ko'rmoqchi. O'tgan mavsumda futbolchi “Barsa” ishtirokidagi o'yinlardan birini aynan “Kamp Nou”da kuzatgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif