"Real" va Argentina terma jamoasi sobiq xavbeki Gago faoliyatini yakunladi

Alisher
11 noya 2020, 11:00
"Real" va Argentina terma jamoasi sobiq xavbeki Gago o'yinchilik faoliyatini yakunladi.

34 yoshli futbolchi bir necha jiddiy jarohat oqibatlari sabab shunday qarorga keldi.

Uning so'nggi klubi "Veles Sarsfild" bo'lgan edi. Gago shuningdek "Boka Xuniors", "Valensiya" va "Roma" klublarida ham to'p tepgan.

"Real" tarkibida 2 bor Ispaniya, "Boka" tarkibida esa 5 bor Argentina chempioniga aylangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: espn.com.ar