"Real" transferlarga ishlatish uchun kosmik summa oladi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2022
"Real Madrid"ning yozgi transferlar byudjeti katta bo'ladi.

Goal.com xabariga ko'ra, katta maosh olgan futbolchilarning kyetishi munosabati bilan yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 400 million evro ajratiladi.

Shuningdek, Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganidan so'ng summa yanada ortgani aytilmoqda

Madrid klubi 2022/23 yilgi mavsumda maoshlar uchun 634 million funt (deyarli 740 million evro) sarflashi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com