"Real" "Tottenxem” himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
Madridning "Real" klubi "Tottenxem"ning 26 yoshli ispaniyalik himoyachisi Pedro Porro bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso Trent Aleksandr-Arnoldga o'z poziciyasida raqobat kerak deb hisoblamoqda. Porro "qirollik klubi" himoyasi uchun qo'shimcha kuchga aylanishi kerak.

Pedro Porro "Sporting"dan keyin 2023 yildan beri "Tottenxem"da o'ynamoqda. Bu mavsumda himoyachi klub safida 27 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk