"Real" tarkibini "Bavariya" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2022, 21:32
Madridning "Real" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolissoga bo'lgan qiziqishni tikladi.

Manbaning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" fransiyalik futbolchini yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.

27 yoshli xavbekning transfer narxi 15 million evroga baholanyapti.

Tolisso ushbu mavsumda "Bavariya" libosida 15 o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritdi hamda 3 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo