"Real" tarixidagi eng yaxshi 7 braziliyalik FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015, 15:28
Madridning "Real" klubi yaqinda braziliyalik Lukas Silvani sotib oldi.

Bugunga qadar "Qirollik klubi"da o'ynab ketgan eng mashhur 7 braziliyalik futbolchini yodingizga solamiz.



Ikki karra Jahon chempioni Didi "Real" bilan birga 1959 va 1960 yillarda Yevropa chempionlar kubogini yutgan



Roberto Karlos Madridda 11 yil o'ynadi. Bir nechta super gollarni urdi, to'rt marta Ispaniya chempioni bo'ldi va uch bor YCHLda zafar quchdi.



Chap qanot yarim himoyachisi Savio "Real"da g'aroyib natijalarni qayd etgan. Bir marta Ispaniya chempionatida g'olib chiqqan, lekin Yevropa chempionlar ligasida uch marta chempion bo'ldi.



"Barselona" va "Real"da o'ynagan kam sonli futbolchilardan biri. "So'yloq" ikkala jamoada ajoyib o'ynagan.



Braziliyadan Yevropaga ko'chib kelgan Robino "Real"da yaxshi o'ynagandi. Biroq "Siti"ga o'tib uning faoliyatida pasayish yuzaga keldi.



"Real"ga o'tayotganida Marseloni deyarli hech kim tanimasdi. Hozir uning sochi ko'proq va jahonning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri.



"Galaktikos"ga o'tgan Kaka Madridda o'zining bor salohiyatini namoyon eta olgani yo'q.



Lukas Silva "Kruzeyro"dan 14 million evro evaziga "Real"ga o'tdi. U yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan o'tib keta olarmikin? Ko'ramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru