"Real" tarixda 20-bor mavsumni durang bilan boshladi. Ulardan nechtasida "Madrid" chempion bo'la olgan?

Omonjon To`xtamirzayev
19 avg 2024, 12:58
"Real" La Liga tarixida 20-bor mavsumni durang natija bilan boshladi.

Joriy mavsum ilk turida "Madrid" safarda "Malorka"ni enga olmadi (1:1). 

"Real" tarixda 20-bor mavsumni durang bilan boshladi. E'tiborlisi, shunday startdan keyin klub faqat 5 bor chempionlikni qo'lga kirita olgan (1931/32, 1985/86, 1988/89, 1996/97 va 2006/07).

Nima deb o'ylaysiz, joriy mavsum yakunida "Real" chempionlikni qo'lga kirita oladimi yoki yo'q?

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia