“Real Sosedad” Teo Ernandesni ijaraga oldi

7 avg 2018, 08:03
“Real” himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini “Real Sosedad” jamoasida davom ettiradi.

Bask klubi 21 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi. Madridliklar Ernandesning maoshining (yiliga 3,2 million evro) ma'lum qismini to'lab berishadi.

“Real” AQSH turnesidan qaytib kelgach, ushbu kelishuv rasman amalga oshadi. Ernandes oldida “Fulxem” varianti ham bor edi. Ammo futbolchi “Sosedad”ni tanladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo