"Real Sosedad" futbolchisi: "Hozir "Real" ustidan g'alaba qozonish uchun qulay vaqt"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2017, 11:10
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Xabi Prieto "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati 20-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Hozir "Real"ni mag'lub etish uchun qulay vaqt. Biz yaxshi holatdamiz va o'yinda g'alaba qozonish uchun reja tuzamiz. "Real" Ispaniya Kubogida mag'lub bo'ldi va bundan xafa. Gap o'z maydonida o'ynaydigan milliy birinchilik yetakchisi haqida ketyapti. Shu sababli ular hurmat qilib o'ynaymiz" - deydi Prieto.

"Real" hamda "Real Sosedad" o'rtasidagi bahs 29 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca