La Liga. "Barselona" mehmonda "Real Sosedad"ga mag'lub bo'ldi

Alisher Ostonov
19 yanv 2026
La Liga 20-tur doirasidagi "Real Sosedad" - "Barselona" o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlab "Barselona"ning ikki goli fol va ofsayd sabab bekor qilindi. Shundan so'ng mezbonlar o'yinchisi Mikel Oyarsabal 32-daqiqada hisobni ochdi. 70-daqiqaga kelib zaxiradan o'yinga qo'shilgan Markus Reshford muvozanatni tikladi. Ammo, oradan bir daqiqa o'tib mezbonlar hujumchisi Gonsalu Gedesh jamoasiga uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

"Barselona" ayni damda 20 o'yindan so'ng 49 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, "Real" hisobida 48 ochko bor. "Real Sosedad" esa 24 ochko bilan 8-o'ringa joylashgan.


19 yanv 2026, 01:00
Real Sociedad — FC Barcelona
2 – 1
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia