"Real Sosedad" 30 million evrolik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
21 iyul 2022, 11:24
"Real Sosedad" himoyachi Roben Le Norman bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

25 yoshli francuz bilan yangi kelishuv 2026 yilga qadar mo'ljallangan.

Le Norman "Real Sosedad"ga 2016 yilda "Brest"dan o'tgan edi.

U klub safida 136ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Transfermarkt fransiyalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realsociedad.eus