"Real" sobiq ustozi Floro Zidanning qaroridan hayratda

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2021, 23:38
1992 yildan 1994 yilgacha "Real"ni boshqargan Benito Floro Zinedin Zidanning bosh murabbiylikdan ketishiga o'z munosabatini bildirdi.

"Zidanning reakciyasidan hayratlandim, u Florentino Peresga hurmat ko'rsatishi kerak edi. Peres Zidanga hamma narsani berdi – ham futbolchiligida, ham murabbiylik faoliyatida. Zidanning ketishiga sabablar bor, lekin biz bu haqda aniq bilmaymiz.

Men "Real" ustozi bo'lish unchalik qiyin deb o'ylamayman. Sizning ixtiyoringizda eng yaxshi futbolchilar va eng yaxshi infratuzilma mavjud bo'ladi.

Zidan nega shikoyat qilganini bilmayman. Klub uni doim qo'llab-quvvatlagan", – dedi Benito Floro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca