"Real" sobiq futbolchisi jamoaning joriy mavsumdagi asosiy muammosi haqida to'xtalib o'tdi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2023, 12:17
Bu "qaymoqranglilar"ning Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishiga xalaqit berishi mumkin.

"Real" sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishish uchun jiddiy to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan jamoaning asosiy muammosi haqida aytdi.

"Biz "Braga"ga qarshi o'yin tezroq tugashini kutdik va bu meni xavotirga solmoqda. Himoyada biz Chempionlar Ligasida muhim narsaga erisha olmaymiz", – dedi Miyatovich.

"Real" ayni paytda "C" guruhida 3 turdan keyin 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Blankoslar" YCHLdagi navbatdagi o'yinini 8 noyabr kuni o'z maydonida "Braga"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena SER