"Real" sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2018, 18:45
Gollandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart futbolchilik faoliyatini yakunladi.

35 yoshli xavbek so'nggi ikki yilni Daniyada "Midtyulland" va "Esberg" safida o'tkazdi, ammo faoliyatini mavsum o'rtasida yakunladi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, ushbu qarorga u yaqinda olgan jarohat sabab bo'lgan.

Van der Vart televideniyada ekspert sifatida ishlashda davom etadi va murabbiy bo'lishni ham rejalashtirgan.

Rafael faoliyati davomida "Ayaks", "Gamburg", "Real", "Tottenxem" va "Betis" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbal International