Real safida dublga erishgan Sebalos o'yindan keyin nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
24 sen 2017, 08:08
Real yarim himoyachisi Dani Sebalos Ispaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan Alavesga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Bu men orzu qilgan debyut. Jamoaning g'alaba qozonishiga yordam berganidan xursandman. Judayam quvonayapman.

Raqiblarga yetib olishimizga ishonaman. Oldinda ko'p o'yinlar bor. Agar bir butun bo'lib harakat qilsak yuqori cho'qqilarni zabt etamiz, – deydi Sebalos.

21 yoshli futbolchi dublga erishib jamoasiga g'alaba keltirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com