Real Ronalduning o'rniga Mbappe, Dibala yoki Levandovskini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017, 08:21
Real agar Krishtianu Ronaldu klubni tark etsa uning o'rniga qaysi futbochlilarni olib kelishni o'ylab qo'ydi.

Madrid klubining asosiy nishoni Monako hujumchisi Kilian Mbappe. Ispaniya chempioni ushbu futbolchi uchun 135 million evro taklif qilmoqchi.

Ikkinchi o'rinda ikki oy oldin Yuventus bilan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgan Paulo Dibala qayd etilgan.

Agar bu ikkala variant amalga oshmasa Real Bavariyadan Robert Levandovskini sotib oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 101greatgoals.com