"Real" Rodri yoki Enco Fernandesni sotib oladi, agar...

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2024
Bu amalga oshishi uchun "Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini sotishi talab qilinadi.

Fransiyalik futbolchi Madridda og'ir davrni boshdan o'tkazmoqda. 

Klubdagilarning futbolchiga munosabati o'zgargan, ishonchi yo'qolgan va faqatgina Karlo Anchelotti yarim himoyachini qo'llab-quvvatlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq bugungi kunga kelib, Anchelottining ham "Real"dagi kelajagi xavf ostida qolmoqda. 

Bugungi kunga kelib, "qirollik klubi" Tchuameni bo'yicha munosib taklif tushsa, uni sotib yuborishga qarshi emas.

Fransiyalik futbolchining sotilishi, "Real"ga Rodrini sotib olish eshiklarini ochadi. Alternativ variant sifatida madridliklar argentinalik Enco Fernandesni ko'rishmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca