"Real" rahbariyati Eriksenni, Zidan esa Pogbani sotib olishni xohlamoqda

Alisher
5 iyun 2019, 17:10
"Real" rahbariyati va bosh murabbiyning xohishlari bir-biriga to'g'ri kelmayapti.

Rahbariyat "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olmoqchi bo'lsa, bosh murabbiy jamoasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani ko'rgisi kelmoqda.

Klubda transferlar siyosati tufayli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan bo'lsa ham, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Zidanni xohishini inobatga olgan holda Pogba bilan shartnoma imzolashi mumkin.

O'z navbatida, daniyalik futbolchi "Tottenxem"dan kyetib, shu yozda "qaymoqranglilar" klubiga o'tishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Real" yaqinda "Ayntraxt" futbolchisi Luka Yovichni xarid qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS