"Real" qiziqishidan so'ng "Benfika" Renatu transfer narxini 80 mln. evro etib belgiladi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2016, 12:43
Agar "Real" "Benfika" yarim himoyachisi Renatu Sanchesni xarid qilmoqchi bo'lsa, 80 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" Sanchesga qiziqish bildirganidan so'ng, portugaliyaliklar futbolchining transfer narxini 80 mln. evro etib belgiladi. Bungacha Renatuning badal puli 45 mln. evro edi. 18 yoshli yarim himoyachining "Benfika" bilan shartnomasi 2021 yilagacha amalda.

Sanchesga "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS