"Real" qatorasiga 14-mavsum La Liga 1-turida mag'lub bo'lmadi va o'z rekordini yangilashga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2022, 11:56
"Real" ketma-ket 14 mavsumdan buyon La Liga ilk turida mag'lubiyatga uchramayapti.

Joriy mavsum 1-turida Karlo Anchelotti jamoasi "Almeriya" ustidan irodali g'alabaga (2:1) erishdi.

So'nggi bor "Madrid" Ispaniya chempionatini 2008/09-yilgi mavsumda mag'lubiyat bilan boshlagandi. O'shanda madridliklar "Deportivo"ga (1:2) imkoniyatni boy berishgandi.

Primera tarixidagi qatorasiga eng ko'p mavsum mag'lub bo'lmaslik ham "qirollik klubi"ga tegishli. "Real" – 1961 - 1976 yillar oralig'ida 16 marta chempionatni mag'lubiyatsiz boshlagan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia