

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar chop etdi.
“Hammaga ham “Real” libosida 500ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushish nasib etmaydi. Bu men uchun katta sharaf. Aynan 500-o'yinda sardorlik bog'ichida futbolchilarni maydonga boshlab tushganimdan xursandman”, – dedi Ramos.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli ispaniyalik futbolchi “Real” safidagi yubiley 500-o'yinini 22-tur doirasidagi “Osasuna” (3:1)ga qarshi o'yinda o'tkazgan edi.



